Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Ukraina va Isroilga katta pul ajratish bo‘yicha qaror ma’qullandi

AQShda Ukraina va Isroilga katta pul ajratish bo‘yicha qaror ma’qullandi

AQSh Kongressining quyi palatasi Ukrainaga yordam uchun 61 milliard dollar ajratishni ma’qulladi

Muzlatilgan Rossiya aktivlarining Ukrainaga o‘tkazilishi, shuningdek, Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli qonun loyihasi Respublikachilar nazorati ostidagi AQSh Vakillar palatasi tomonidan qabul qilindi.

Keyinchalik qonun loyihasi Senatga o‘tkaziladi, unda Ukrainaga yordam ko‘pchilik qonunchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 

Qonun loyihasiga ko‘ra, AQSh Ukrainaga yordam berish uchun 61 milliard dollar ajratadi. Taxminan 23 milliard dollar Amerika qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirishga, 11 milliard dollar AQShning mintaqadagi operatsiyalarini moliyalashtirishga va yana qariyb 14 milliard dollar zamonaviy qurol va mudofaa tizimlarini sotib olishga mo‘ljallangan. 23,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainani qurollantirishga sarflanadi, shuningdek, qonun loyihasida Isroilga 26 milliard dollar, jumladan, gumanitar ehtiyojlar uchun 9,1 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Yana 8,12 milliard dollar Hind-Tinch okeani mintaqasiga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, qonun loyihasida Rossiya aktivlarini musodara qilish, jumladan, suveren aktivlarni muzlatishni bekor qilishdan taqiqlash, muzlatilgan aktivlar yordamida Ukrainaga kompensatsiya berish vakolati va aktivlardan Ukrainani qayta tiklash uchun foydalanish qoidalari mavjud. Qonun loyihasi uchun 360 kongressmen ovoz berdi, 58 nafari qarshi chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring