AQShda qariyalar uyidagilar koronavirus qurboniga aylanishmoqda
Vashington shtati Kerkland shahridagi «Life Care Center» qariyalar uyida yana 30 kishida koronavirus tasdiqlandi, deya xabar berdi muassasa vakili Tim Killian mahalliy telekanalga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan 50 ta testdan 31 tasida koronavirus tasdiqlangan.
Mazkur qariyalar uyida 19 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Muassasada jami 120 kishi bo‘lgan.
«CNN» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan bog‘liq 717 ta holat qayd etilgan bo‘lib, 26 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter