AQShda mudhish holat qayd etildi
AQShda koronavirusdan bir kecha-kunduzda 3157 kishi vafot etdi — bu pandemiya boshlangandan beri antirekord hisoblanadi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti o‘z manbalariga tayanib.
Bahordan beri ikkinchi marta kasallanganlar soni 200 ming kishidan oshib ketdi. O‘tgan 24 soat ichida 200 070 koronavirusni yuqtirib olganligi tasdiqlandi.
Oldingi hafta kasallanishlar bo‘yicha kunlik rekord qayd etilgandi — 205 557 kishi.
Epidemiya boshlangandan buyon AQShda 13,9 million kishi koronavirusga chalindi, taxminan 273 ming bemor hayotdan ko‘z yumdi, 5 milliondan ortiq kishi tuzaldi.
Jons Xopkins universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 64,5 million kishi zararlangan. Qariyb 1,5 million bemor olamdan o‘tdi. Qo‘shma Shtatlar COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter