Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda emlashga qarshilar yetakchisi ancha oldin emlangani ma’lum bo‘ldi

AQShda emlashga qarshilar yetakchisi ancha oldin emlangani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Yandex»

Amerika Qo‘shma Shtatlarida majburiy emlashga qarshi harakatning ramziga aylangan Amerikaning Illinoys shtatidagi o‘qituvchi bir necha oy oldin koronavirusga qarshi emlanganini tan oldi.

Springfilddagi o‘rta maktab matematika o‘qituvchisi Kadens Koen COVID-19 ga qarshi emlashdan yoki hukumatning koronavirus dasturi bo‘yicha haftalik PZR testidan o‘tishdan bosh tortganidan keyin aholi orasida mashhurlikka erishdi. U rasmiylarning talablariga bo‘ysunmaslik uchun o‘qituvchilik kasbidan ta’tilga chiqishni tanlagan.

O‘shandan beri Koen Illinoys va butun Amerikada samarali tarzda vaksinalarga qarshi «mening tanam – mening tanlovim» tamoyilini tan oladigan odamlar harakatining yuziga aylandi.

Shunday qilib, u o‘zining «tarafdorlariga» qattiq zarba berdi va u, haqiqatan ham, ushbu yozda koronavirusga qarshi emlash qabul qilganini tan oldi. U emlash sertifikatini maktab rahbariyatiga yuborgan va uning suratini Facebookdagi sahifasiga joylagan.

Koen o‘z harakatini aslida u hech qachon emlashning o‘ziga qarshi norozilik bildirmagani, faqat uning majburiy shaklidan noroziligini bildirganligi va faqat ishini yo‘qotish xavfi uni bu masalaga munosabatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgani bilan izohlagan.

«Men emlanganlik haqidagi sertifikatini ko‘rsatishni xohlamadim, chunki bu qonuniy yoki aqlli harakat emas deb o‘ylayman. Lekin agar siz mening shaxsiy e’tiqodim va o‘quvchilarim o‘rtasida tanlov qilishimni so‘rasangiz, o‘quvchilarim g‘alaba qozonishadi. Men o‘z hayotimni o‘qituvchilik kasbisiz tasavvur qila olmayman», – deydi Koen Independentga bergan intervyusida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring