Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda cho‘chqaning yuragi transplantatsiya qilingan bemor vafot etdi

AQShda cho‘chqaning yuragi transplantatsiya qilingan bemor vafot etdi

Geni o‘zgartirilgan cho‘chqa yuragi eksperimental transplantatsiya qilingan Lornes Fosett operatsiyadan olti hafta o‘tib vafot etdi. U 58 yoshda edi.

U yurak kasalligi va boshqa oldindan mavjud bo‘lgan holatlar tufayli inson yuragini qabul qila olmadi. Shundan so‘ng, Merilend universiteti tibbiyot markazida unga cho‘chqaning yuragini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha eksperimental operatsiya o‘tkazildi.

Transplantatsiya qilinganidan bir oy o‘tgach, shifokorlar erkakning ahvoli yaxshi ekanini, sezilarli rivojlanish belgilarini ko‘rsatganini, oilasi bilan vaqt o‘tkazib, fizioterapiya kurslarini olayotganini aytishgandi.

Shifokorlar uning yuragi a’lo darajada ishlayotgani uchun odatda qo‘llaniladigan dori-darmonlarni to‘xtatishgan. Dastlab infeksiya yoki boshqa belgilar topilmagan. Biroq, transplantatsiyaning rad etishi belgilari Fosettning o‘limidan oldingi so‘nggi kunlarda paydo bo‘lgan.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, a’zolarning rad etishi an’anaviy inson a’zolari transplantatsiyasidagi eng jiddiy muammo va hayvonlardan odamga transplantatsiya qilishda bu yanada dolzarblik kasb etadi.

2022 yilda Merilend universitetida birinchi geni o‘zgartirilgan cho‘chqa yurak transplantatsiyasi amalga oshirilgan. 57 yoshli Devid Bennet eksperimental amaliyotdan ikki oy o‘tib vafot etgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 113 mingdan ortiq amerikalik organ transplantatsiyasi ro‘yxatida turadi, ulardan 3,3 mingdan ortig‘i yuragini almashtirishga muhtoj. Donate Life America guruhining aytishicha, har kuni 17 kishi donorlik a’zosini kutib halok bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring