AQShda birinchi «aqlli to‘pponcha» ishlab chiqarildi
AQShda dunyodagi birinchi «aqlli to‘pponcha» ishlab chiqarildi, deb yozadi New York Post. Qurol barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan bo‘lib, u uchinchi shaxslarga o‘q otishga imkon bermaydi.
OAV xabarlariga ko‘ra, qurol egasi va tasdiqlangan foydalanuvchilardan tashqari boshqalarga foydalanishni bloklaydi. G‘oya mualliflarining fikricha, bu AQShda qurol xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi.
«Biz muammoning haqiqiy yechimini taklif qilamiz», deydi ijodkorlardan biri.
Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, AQShning qurol nazorati bo‘yicha qonunchiligini isloh qilish to‘xtab qolganligi sababli, yangi texnologiya maktabdagi otishmalar, baxtsiz hodisalar va o‘z joniga qasd qilishlarning oldini olish imkoniyatiga ega.
«Agar bizning mehnatimiz hatto bir bolaning hayotini saqlab qolsa, bunga arziydi», deyiladi bayonotda.
Ma’lum qilinishicha, qurol 1499 dollardan sotiladi. Shuningdek, u portativ zaryadlovchi bilan jihozlanadi. Ommaviy sotuvlar 2024-yilda boshlanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter