AQShda 2024-yilda kim prezident bo‘lishi mumkinligi aytildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilgi saylovlarda Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden ustidan g‘alaba qozonishi mumkin. Bu haqda The Hill portali xabar bermoqda.
Portal kuzatuvchilari fikricha, Demokratik partiyada Trampning davlat rahbariyatiga qaytishi borasida qo‘rquv kuchaymoqda.
Demokratik partiya strateglari ba’zi so‘rovlarda Baydendan ustun kelayotgan Tramp yakunda katta muammolarga sabab bo‘lishini, uni jiddiy qabul qilishga chaqirmoqda.
ABC News/Washington Post nashrlari so‘roviga ko‘ra, Tramp 45 foiz ovoz oladi, respondentlarning atigi 39 foizi Baydenni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Shunga o‘xshash ma’lumotlar Garvard-Harris tadqiqotida ko‘rsatilgan, unda respublikachi demokratni 5 foiz ovoz bilan chetlab o‘tadi.
«So‘rovlar, shuningdek, Baydenning qayta saylanish sa’y-harakatlari ko‘p qo‘llab-quvvatlanmayotganini ko‘rsatmoqda, ko‘pchilik boshqa demokrat nomzodni afzal ko‘rishlarini aytishdi. Ko‘p saylovchilarni amaldagi prezidentning yoshi tashvishga solmoqda. Bayden 80 yoshda va ikkinchi muddati oxirida 86 yoshga to‘ladi», deyiladi maqolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter