Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik general: «AQSh Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligi uchun hamkorlikka tayyor»

Amerikalik general: «AQSh Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligi uchun hamkorlikka  tayyor»

21-fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjuman o‘z ishini yakunladi.

AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Votel tadbir so‘nggida jurnalistlarga bayonot berdi.

Mudofaa vazirligi matbuoti xabariga ko‘ra, Votel dastlab, anjumanni tashkillashtirishda beg‘araz yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Prezidenti hamda Mudofaa vazirligiga minnatdorchilik bildirgan.

«Mazkur anjumanni o‘tkazishda O‘zbekistonning AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligiga ko‘rsatayotgan yordami Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim rol o‘ynaydi. Mintaqada xavfsizlikni ta’minlash hamda barqarorlik uchun tahdidlarga kurashish maqsadida yig‘ilgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan ham minnatdorman.

Amerika Qo‘shma Shtatlari mintaqadagi hamkorlarimizning suvereniteti va barqarorligini ta’minlashda, o‘zaro munosabatlarimizni rivojlantirish hamda mustahkamlashga doim tayyor» dedi amerikalik general.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring