AQSh — Xitoy savdo urushidan jahon iqtisodiyoti qancha zarar ko‘radi?
Pekin va Vashington o‘rtasidagi savdo urushidan jahon iqtisodiyoti 850 milliard dollar zarar ko‘radi. Qo‘shma Shtatlar Federal zaxira tizimi (FZT) ma’lumotlarini tahlillagan «Reuters» ekspertlari shunday xulosa berishdi.
Ekspertlar jahon bo‘yicha savdo siyosatidagi betayinlik 1970-yillardagi darajaga chiqqanidan ko‘proq xavotirdalar.
Bu ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi shart, chunki yuzaga kelgan vaziyatdan ko‘rilajak zarar jahon yalpi ichki mahsulotining 1 foizigachani tashkil etishi mumkin. Xalqaro bozordagi betayinlik oqibatida dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish hajmi kamaymoqda, sarmoyalar kiritilishi ozayib boryapti.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Pekin umumiy qiymati 75 mlrd. dollarlik Amerika tovarlariga bojlarni 10 foiz va 5 foizdan oshirishga qaror qilgandi. Xitoyliklar bu bilan AQShning 15 va 30 foizlik bojlari uchun o‘ch olishgan urinishdi.
Aksariyat Amerika kompaniyalari esa Donald Trampdan bunaqa savdo siyosatidan voz kechishni so‘rashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter