Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh vizasi uchun 30 ming dollar so‘ragan «uddaburon» ushlandi

AQSh vizasi uchun 30 ming dollar so‘ragan «uddaburon» ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.O. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali 30 000 AQSh dollari evaziga unga chet davlatga chiqish huquqini beruvchi viza hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring