AQSh va YI aviakompaniyalariga Afg‘oniston orqali parvoz qilishga ruxsat berildi
Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi o‘z aviakompaniyalariga Afg‘oniston orqali parvoz qilishga ruxsat berdi. AQSh aviakompaniyalari uchun bu qaror 25 iyuldan, Yevropa aviatashuvchilari uchun esa 28 iyuldan kuchga kirgan.
Bunda faqat aviatashuvchilar bitta cheklovga amal qilishlari lozim. Ya’ni hududdagi ehtimoliy tahdidlar tufayli parvoz 9 753,6 metr (32 ming fut)dan yuqorida amalga oshiriladi. Afg‘oniston havo bo‘shlig‘ida ushbu balandlikda fuqaro aviatsiyasi uchun endi xavf yo‘qligi taxmin qilinmoqda. Ushbu yo‘nalish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, aviakompaniyalar Afg‘oniston ustidan uchib o‘tish yoki o‘tmaslikda tanlovni o‘zlari qabul qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, Tolibon 2021-yilning 15-avgustida hokimiyatga kelgach Afg‘oniston ustidan parvoz qilish taqiqlangan edi. Uni aylanib o‘tish zarurati tufayli ayrim yo‘nalishlarda sayohat vaqti 1,5 soatga oshgan.
Joriy yilning bahorida esa Tolibon qayta tiklangan ayrim parvozlar tufayli Afg‘oniston osmonida har kuni 100 ta samolyot uchayotgani va ularning har biri uchun mamlakat budjetiga 700 dollardan kelib tushayotgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter