Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va boshqa davlatlar rus qimmatbaho toshlariga cheklov qo‘ymoqchi

AQSh va boshqa davlatlar rus qimmatbaho toshlariga cheklov qo‘ymoqchi

Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar Rossiya olmoslarini «qonga belagan» deb hisoblab, Rossiyadan qimmatbaho toshlar importini taqiqlamoqchi. Bu haqda New York Times jurnali ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, may oyida AQSh Davlat departamenti vakili Jorj Kajati BMT tomonidan mojaro zonalaridan olmos tarqalishiga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan xalqaro tashkilotga maktub yo‘llagan.

«Axir, qimmatbaho toshlar savdosidan tushgan pul mamlakat armiyasini qurollantirishga sarflanadi», — deb yozgan Jorj Kajati o‘z maktubida.

Yevropa Ittifoqi, Kanada va Ukraina AQSh pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Ular Kimberli jarayoni doirasida rus qimmatbaho toshlarini «qonli olmos» deb hisoblash kerakmi yoki yo‘qligini muhokama qilishga chaqirdilar.

Rossiya dunyodagi eng yirik kichik olmos yetkazib beruvchi davlat hisoblanadi. Mamlakat energiya resurslaridan keyin, eng ko‘p daromadini aynan olmos eksportidan oladi.

Bu vaqtgacha Amerikada rus olmoslari juda mashhur bo‘lgan. Rossiya olmoslar Afrika olmoslariga nisbatan ancha sifatli hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring