Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh universitetining Markaziy Osiyodagi birinchi filiali Toshkentda ochildi (foto)

AQSh universitetining Markaziy Osiyodagi birinchi filiali Toshkentda ochildi (foto)

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 1-noyabr kuni Vebster universiteti (AQSh)ning Markaziy Osiyodagi birinchi filiali - Toshkent shahridagi ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Marosimda Vebster universiteti Kansleri Elizabet Strobl rahbarligidagi AQSh delegatsiyasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi A.Abduvohidov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, vazir o‘rinbosarlari va rektorlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi.

O‘quv jarayonlari 2019/2020 o‘quv yilidan o‘quv jarayonlari boshlandi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta’lim yo‘nalishlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda oliygohda 470 nafar talaba tahsil olmoqda va Vebster universitetining Toshkent filiali talabalar soni bo‘yicha Tailand, Xitoy, Niderlandiya, Shveysariya, Gretsiya, Avstriya va Ganadagi filiallarni ortda qoldirdi.

Universitetda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar asosida amalga oshirilmoqda.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring