Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Ukrainaga 250 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratadi

AQSh Ukrainaga 250 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratadi

AQSh ma’muriyati Ukrainaga Rossiyaga agressiyasidan himoyalanish uchun yana 250 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi yuboradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘z bayonotida aytib o‘tdi.

Bu safargi harbiy yordam paketiga havo mudofaasi uchun AIM-9 havo-havo raketalari, HIMARS MLRS o‘q-dorilari, 155 mm va 105 mm artilleriya snaryadlari, minalarni tozalash uskunalari, Javelin va boshqa tankka qarshi tizimlar va raketalar, 3 milliondan ortiq o‘q otar qurollar, tez yordam mashinalari va o‘q-dorilar kirgan.

Blinkenning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, uning boshqa hamkorlari va ittifoqchilari Ukrainani «kerak bo‘lgan vaqtgacha» qo‘llab-quvvatlaydi.

Blinken o‘z bayonotida yana bir bor Rossiya bu urushni boshlaganini va Ukrainada minglab tinch aholining o‘limiga olib kelgan qon to‘kilishini to‘xtatish Rossiyaning qo‘lida ekanligini eslatdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 66,2 milliard dollar yordam ko‘rsatgan. Shundan qariyb 44 milliard dollari harbiy ehtiyojlar uchun bo‘lgan. Bu bilan Ukraina Ikkinchi jahon urushidan beri AQShdan eng ko‘p yordam olgan davlatga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring