AQSh sobiq prezidenti yana shifoxonaga tushdi
AQShning 41-prezidenti 93 yoshli Jorj Bush qon bosimi tushib ketgani va charchoq tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Bush spikeri Jim Makgrasning aytishicha, Bush bir necha kun shifoxonada yotib davolanar ekan. Janubiy Maine tibbiyot markazida davolanayotgan Bushning ahvoli yaxshi.
Bush o‘tgan oy vafot etgan turmush o‘rtog‘i Barbara Bushning dafn marosimidan keyin Hyustondagi shifoxonada ham 13 kun davolangan edi.
1989 — 1993-yillar mobaynida AQSh prezidenti bo‘lgan Bush 43-prezident kichik Bushning otasidir.
Katta Bush 2015-yili yiqilib tushib, bo‘ynini sindirib olgan edi.
Bush parkinson kasalligiga ham chalingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter