Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh senati Daniyel Rozenblyumni Qozog‘istonga «o‘tkazdi»

AQSh senati Daniyel Rozenblyumni Qozog‘istonga «o‘tkazdi»

AQShning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi.

AQSh Senati bu lavozimga Daniyel Rozenblyumni tasdiqladi.

Endi 2019-yildan buyon AQShning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlab kelayotgan Daniyel Rozenblyum faoliyatini AQShning Qozog‘istondagi elchisi sifatida davom ettiradi. 

U ushbu lavozimda 2021-yil oktyabr oyidan boshlab Qozog‘istondagi diplomatik missiya rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Judi Kuoni almashtiradi.

Judi Kuo o‘z vaqtida Qozog‘istondagi diplomatik missiyasini tugatgan Uilyam Mozerdan ushbu postni qabul qilib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin AQSh senati Amerikaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqlagani haqida ma’lum qilgan edi. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring