AQSh rossiyalik xakerlar kiberhujumidan xavotirga tushib qoldi
CNN telekanali joriy yilning oxirgi oylarida rossiyalik xakerlar AQSh va Yevropaning davlat tarmoqlariga kirishga uringani haqida ma’lum qildi.
«Xakerlar guruhi AQSh va Yevropadagi siyosiy va tashqi siyosiy muammolar bilan shug‘ullanuvchi bir qancha davlat idoralariga, tashkilotlarga hujum qildi», — dedi Mandiant kiberxavfsizlik firmasi tijorat direktori Charlz Karmakal.
Uning aniqlik kiritishicha, bu ishlarda o‘tgan yili Amerika hukumat tuzilmalariga kiberhujumlar uyushtirgan xakerlar guruhi qo‘li bor deya gumon qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter