AQSh razvedkasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi iste’foga chiqish niyatida
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Jina Xaspel iste’foga chiqish niyatida. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.
Manbalarning xabar berishicha, 4-may kuni Oq uyda Xaspelning mahbuslarga juda qo‘pol munosabatda bo‘lgani MRBning obro‘siga zarar yetkazishi mumkinligi masalasi ko‘rib chiqilgan va Xaspel shu sababli o‘z nomzodini qaytarib olish istagini bildirgan. Oq uy amaldorlari esa Xaspelning qaroridan hayratga tushgan va uni fikridan qaytishga chaqirishgan.
Hatto Donald Tramp ham Xaspelning nomzodi qolishi kerakligini bildirgan. Ammo uning MRB boshlig‘i lavozimiga saylanishi aniq emasligi ma’lum qilinmoqda, chunki Xaspelning tergovlarda qiynoq qo‘llanganiga aloqadorligi bir qancha kongressmenlarning noroziligiga uchrashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter