Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MRB direktori: «Rossiyada ishlab sochim oqargan»

MRB direktori: «Rossiyada ishlab sochim oqargan»

Foto: BBC

Markaziy razvedka boshqarmasining 65 yoshli rahbari Uilyam Byorns «National Public Radio»ga bergan intervyusida AQShning Moskvadagi elchisi bo‘lib xizmat qilgan paytidayoq sochlariga oq tushganini ta’kidladi.

Razvedka rahbari rossiyalik kibexakerlar hujumi haqidagi savolga javob qaytararkan, boshidagi aksariyat oq sochlar Rossiyada xizmat qilish, «Putin Rossiyasi bilan ishlash» oqibati ekanini qo‘shib o‘tdi.

Uilyam Byorns Kichik Jorj Bush prezidentligi paytida, 2005–2008-yillarda AQShning Rossiyadagi diplomatik missiyasi rahbari bo‘lgan. Shuningdek, sobiq ittifoq parchalanib ketgan davrda AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker qo‘l ostida ishlagan. U 2021-yilning 19-martida MRB rahbarligiga kelguniga qadar Karnegi jamg‘armasini boshqargan.

Hali MRB rahbarligiga nomzod bo‘lib turgan chog‘idayoq, Byorns Rossiyaga munosib baho bermaslik xato ekanini ta’kidlagandi. U Rossiyani «kuchsizlanayotgan davlatlar» qatoriga kiritgan holda, Vladimir Putin prezidentligi davridagi Rossiya xuddi «yuksalib borayotgan davlatlar», masalan, Xitoy kabi imkoniyatlarga ega ekanini aytgan. Shuning uchun ham, ta’kidlaydi Byorns, Moskvadan kelayotgan xatarlarni baholashda doim hushyorlik va sovuqqonlik talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring