Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara kelishuvini olqishlaydi – Entoni Blinken

AQSh O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara kelishuvini olqishlaydi – Entoni Blinken

12-dekabr, dushanba kuni Vashingtonda O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvi oldidan matbuot uchun qisqa bayonot berildi.

Unda AQSh Davlat kotibi Vladimir Norovga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning mintaqadagi roli, jumladan, Qirg‘iziston bilan chegara hududlarini belgilab olganini Qo‘shma Shtatlar qo‘llab-quvvatlashi haqida to‘xtaldi.

«Biz strategik hamkorlik bo‘yicha muloqotimizni davom ettirmoqdamiz, men bundan juda mamnunman.

Men, har doimgidek, AQShning O‘zbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor ta’kidlayman. Qirg‘iziston bilan chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan O‘zbekistonni chin dildan olqishlamoqchiman. O‘ylaymanki, bu mintaqadagi va undan tashqaridagi ko‘pchilik uchun chegara muammolarini hal qilishda diplomatik yo‘llar muhimligini yana bir bor isbotlaydi.

Shuningdek, islohotlar, jumladan, diniy erkinlik, majburiy mehnat bo‘yicha olib borilayotgan ishni ham qadrlayman. ShU bilan birga Afg‘oniston bo‘yicha ham muhokama qiladigan mavzularimiz bor», – deydi Entoni Blinken.

Vladimir Norov ham, o‘z navbatida, iliq kutib olingani uchun AQSh rasmiysiga minnatborchiligini izhor qildi va joriy yil O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va strategik hamkorlikning 20 yilligi nishonlanayotganiga urg‘u berdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 12-dekabrda Vashingtongga kelgan edi. Delegatsiya 14-dekabrgacha Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

O‘zbek delegatsiyasi Vashingtonda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring