AQSh O‘zbekiston chegara qo‘shinlariga 50ta mashina sovg‘a qildi
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga 50 ta «Toyota Hilux» va «Fortuner» rusumli avtomashina topshirdi.
Chegara qo‘shinlari nomidan avtomashinalarni qo‘mondon o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mansurov qabul qilib oldi.
Ushbu transport vositalari AQSh davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilindi.
Qiymati 2,25 million dollarga teng avtomashinalar AQShning xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter