Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh NATOdagi qo‘shinlari sonini qisqartiradi

AQSh NATOdagi qo‘shinlari sonini qisqartiradi

Foto: AFP

AQSh 2025-yil oxirigacha Yevropadan qo‘shinlarini olib chiqish masalasini muhokama qiladi.

16-may, juma kuni AQShning ittifoqdagi doimiy vakili Metyu Uitakerning aytishicha, AQSh NATOning Gaagadagi iyun oyida bo‘lib o‘tadigan sammitidan so‘ng yevropalik ittifoqchilar bilan Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish masalasi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

«Hamma narsa tartibga solinadi, biz bu masalada boshqa kechikishlarga toqat qilmaymiz. Biz faqat amaliy natijalarni ishlab chiqishimiz kerak», – dedi u Estoniya o‘tkazilgan xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishida.

Uitakerning aytishicha, har qanday formatdagi qo‘shin chiqarish NATO xavfsizligiga salbiy ta’sir qilmasligi kerak. Shu bilan birga, Vashington NATO safida qolishini va alyans majburiyatlariga sodiqligini ta’kidlagan.

«AQSh NATOni tark etish niyatida emas va yevropalik hamkorlar «30 yildan ortiq vaqt davomida Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish istagan» Amerikaning rejalari bilan yaxshi tanish», – deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring