AQSh Mudofaa vaziri koronavirus yuqtirib oldi
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, deya xabar bermoqda Pentagon rasmiy veb-sayti.
AQSh Mudofaa vaziri ta’tilda bo‘lgan vaqtida koronavirusni yuqtirib olgan va kasallikning birinchi alomatlarini payqagach, test o‘tkazishni so‘ragan. Ostinning aytishicha, kasallik oson namoyon bo‘lgan va u shifokorning ko‘rsatmalariga amal qilmoqda. Ayni damda Pentagon rahbari karantinda.
«Men keyingi besh kun davomida uyda karantinda bo‘laman», —deydi vazir bayonotida.
Lloyd Ostin Bayden ma’muriyati hukmronlikni boshlagan 2021 yildan beri Pentagonga rahbarlik qilib keladi.
Avvalroq, futbolchi Lionel Messi ham koronavirusga chalingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter