AQSh koronavirusga qarshi dori zaxiralarini deyarli to‘liq olib qo‘ydi
Koronavirusni davolashda ishlatiladigan «Remdesivir» preparatining dunyodagi deyarli 90 foiz zaxiralari AQSh rasmiylari tomonidan sotib olingan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda dori-darmonlar narxini pasaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzolashdan oldin qilgan nutqida ma’lum qildi.
«Mening ma’muriyatim koronavirusda yaxshi ta’sirga ega «Remdesivir» preparatining dunyodagi 90 foiz zaxirasi ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi», dedi Tramp.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining dori vositalari zaxiralarini egallab olishi jamoat tashkilotlari va ekspertlar tomonidan tanqid qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter