AQSh Janubiy Koreyaga o‘zining yadroviy suv osti kemalarini joylashtiradi
AQSh prezidenti Jo Bayden agar Shimoliy Koreya AQSh yoki uning ittifoqchilariga yadro zarbasini bersa, u holda KXDRdagi hukumat shu zahoti barham topishini aytdi. Bu haqda u Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
«Quloq soling, agar Shimoliy Koreya AQSh va uning ittifoqchilariga yadro zarbasi bersa, ushbu qarorni qabul qilgan rejimning tugatilishiga olib keladi», – degan Bayden.
Uchrashuv davomida, ikki davlat yetakchilari AQShning yadroviy suv osti kemalarini Janubiy Koreyaga joylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday kelishuvga 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi bor erishilgan.
Bayden bu chora «KXDR tomonidan tahdidlarning kuchayishi va AQSh sanksiyalarining qo‘pol ravishda buzilishi sharoitida» muhim ekanini aytdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning aprel oyining o‘rtalarida Shimoliy Koreya «Xvason-18» qit’alararo ballistik raketasini birinchi marta uchirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter