Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Isroilga yana qurol-aslaha yetkazib bermoqda

AQSh Isroilga yana qurol-aslaha yetkazib bermoqda

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga 147,5 million dollarlik navbatdagi qurol-aslaha paketini sotish haqida qaror qabul qildi.

AQShning mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligiga ko‘ra, Kongress oldi-sotdidan xabardor qilingan. Ammo Davlat departamenti kongressmenlarning qurol eksportini ma’qullashini kutmaydi.

Qayd etilishicha, Entoni Blinken Kongressga Isroil hukumatiga zudlik bilan qurol-aslaha yetkazishni taqozo etuvchi vaziyat yuzaga kelgani haqida batafsil ma’lumot taqdim etgan.

Dekabr oyi boshida Davlat departamenti qonun chiqaruvchi idora ruxsatini kutmay Isroilga 500 million dollarlik o‘q-dori yetkazishni ma’qullagan edi.

G‘azoda HAMASga qarshi harbiy amaliyot boshlanganidan buyon Vashington Tel-Avivga harbiy, moliyaviy va siyosiy ko‘mak berib kelmoqda.

Yediot Ahronoth nashriga ko‘ra, AQSh Isroilga so‘nggi ikki oyda 230 ta yuk uchog‘i va 20 ta kemada qurol-aslaha, o‘q-dori va harbiy texnika yuborgan.

Oq uy Isroilga 14,3 milliard dollar miqdorida navbatdagi moliyaviy yordamni ham yo‘llamoqchi.

Qo‘shma Shtatlardagi taniqli siyosatchilardan biri, senator Berni Sanders ko‘p milliardlik ko‘mak berishdan avval Isroil zimmasiga tinch aholi o‘limini kamaytirish borasida majburiyat yuklashni talab qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring