Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh iqtisodiyoti shatdaun sabab 6 milliard dollar yo‘qotdi

AQSh iqtisodiyoti shatdaun sabab 6 milliard dollar yo‘qotdi

Foto: «Korrespondent.net»

«S&P Global Raitings» ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh iqtisodiyoti mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan shatdaun sabab kamida 6 milliard dollar yo‘qotgan, deb xabar qilmoqda «Korrespondent.net».

Eslatib o‘tamiz, prezident Donald Tramp va Demokratik partiya o‘rtasida AQShning Meksika bilan chegarasidagi devorni moliyalashtirish masalasida kelishmovchilik kelib chiqqan va shu sabab hukumat shatdaun e’lon qilgan edi. Natijada bir qancha federal idoralar faoliyati cheklandi. 800 mingga yaqin davlat xodimlari maoshsiz qoldi.

Ayni damda 35 kun davom etgan shatdaun uch haftaga to‘xtatib qo‘yilgan. Prezident qator tashkilotlarning 15 fevralga qadar budjetini tasdiqladi. Uch hafta davomida davlat budjetini imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan. Agar kongress va prezident yana kelisha olmasa, hukumat shatdaunni davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring