AQSh G‘azo muammosiga jiddiy kirishdi: Yaqin Sharqqa MRB direktori va prezident maslahatchisi yuborildi
Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns va AQSh prezidentining maslahatchisi Brett Makgurk G‘azo sektorida sulh bitimi tuzilishini hamda garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni ta’minlash maqsadida Yaqin Sharqqa yo‘l oldi. Bu haqda Amerika hukumatidagi manbalarga asoslanib Axios xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, bu tashrif — AQSh ma’muriyatining kelishuvga erishish yo‘lidagi jiddiy urinishidir. Byorns seshanba kuni Dohaga yetib kelishi aytilgan, Makgurk esa chorshanba kuni Qohiraga kelishi kutilmoqda; Isroil va HAMAS o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarda Qatar va Misr asosiy vositachilar hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter