Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh departamenti Tayvanga 180 million dollarga tankka qarshi tizimlar sotishni ma’qulladi

AQSh departamenti Tayvanga 180 million dollarga tankka qarshi tizimlar sotishni ma’qulladi

AQSh Davlat departamenti Tayvanga 180 million dollar miqdorida M136 Volcano tankka qarshi  tizimini sotishni ma’qulladi. Bu haqda harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha departamentning Twitter’dagi bayonotida aytiladi.

Qayd etilishicha, Davlat departamenti so‘rovga harbiy sotish dasturi doirasida ruxsat bergan.

Pentagon xavfsizlik hamkorlik agentligi bayonotida aytilishicha, taklif qilingan sotuv qonunga muvofiq va Vashingtonning milliy xavfsizlik manfaatlariga mos keladi.

«Taklif etilayotgan sotuv oluvchining xavfsizligini oshirishga yordam beradi, shuningdek, mintaqada siyosiy barqarorlik, harbiy muvozanat va iqtisodiy taraqqiyotni saqlashga yordam beradi», – deyiladi bayonotda.

AQSh hukumati bu qaror haqida Kongressni rasman xabardor qildi. Agar kelishuv tasdiqlansa, Northrop Grumman va Oshkosh korporatsiyasi asosiy pudratchilar bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring