Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibining yordamchisi O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibining yordamchisi O‘zbekistonga keladi

AQSh Davlat kotibining global jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Kennedi Tryudo 2022-yil 28-sentyabrdan 9-oktyabrgacha 4 ta davlatga, jumladan, O‘zbekistonga ham keladi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uning Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasiga bo‘ladigan 12 kunlik safari AQSh diplomatik missiyalarining siyosiy masalalar bo‘yicha ishlari, ustuvor ma’lumotlarni almashish, xususan, Rossiya va Xitoyning yolg‘on axborotlariga qarshi turish, Afg‘oniston xalqini doimiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tenglik, OAV erkinligi va iqlim masalalariga bag‘ishlanadi.

AQSh Davlat kotibi yordamchisi O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent shahridagi Vebster universitetida «Professional jurnalistlar uchun ingliz tili» kursi bitiruvchilari oldida chiqish qiladi.

Shuningdek, u mahalliy NNTlar bilan davra suhbatlarida qatnashadi, ayollar yashash sharoitlari bilan tanishish uchun Jizzax viloyatiga boradi. U yerda AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan turli almashinuv dasturlari bitiruvchilari bilan uchrashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring