AQSh davlat kotibi Afg‘oniston, Afrika va Kuba bo‘yicha bayonot berdi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken navbatdagi bayonotida Afg‘oniston, Afrika va Kuba borasida to‘xtaldi.
«Tolibon» mamlakatda hokimiyatni kuch bilan qo‘lga kiritsa, Afg‘oniston izdan chiqadi. Islom Respublikasi o‘zi uchun juda muhim bo‘lgan xalqaro hamjamiyatning yordamisiz qoladi», — dedi Blinken.
Afg‘onistonda 40 yildan ziyod davom etayotgan nizo harbiy yechimga ega emas, qo‘shimcha qildi davlat kotibi.
Blinkenning aytishicha, AQSh koronavirusga qarshi 80 million doza vaksinani zaxiralashga erishdi va 60 million dozasini boshqa mamlakatlarga yubordi. Qo‘shma Shtatlar, umuman olganda, 500 million doza vaksina sotib olib, hech qanday shartlarsiz tarqatishni rejalashtirgan.
Vaksinalarni tarqatishdan tashqari, AQSh ularning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun boshqa mamlakatlarga mablag‘ kirityapti. Davlat kotibi misol tariqasida Afrika mamlakatlarini tilga oldi.
Kuba aholisiga internetga ulanish imkoniyati berilishi Qo‘shma Shtatlarning diqqat markazida. Orolliklar nafaqat o‘zaro, balki xorij mamlakatlarida yashovchilar bilan ham muloqot qilishlari muhim, deb hisoblaydi Blinken.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter