AQSh Davlat departamenti Xitoyga tahdid qildi
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays ma’lum qilishicha, Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosi a’zosi Yan Szechi bilan muloqotda Xitoy hukumatini Hind va Tinch okeanlaridagi xatti-harakatlari uchun javobgarligidan ogohlantirgan.
Bundan tashqari, Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugi, Tibet va Gonkongdagi inson huquqlari bo‘yicha vaziyat Amerika tashqi siyosat idorasiga mutlaqo yoqmayapti. Qolaversa, Myanmadagi hukumat almashinuvini Xitoy qo‘llab-quvvatlaganini ham AQSh unutgani yo‘q.
Entoni Blinken Xitoy AQShning asosiy raqibi ekani haqida muntazam bayonot berib keladi. Uning fikrlari AQSh prezidenti Jozef Baydenning fikrlarini to‘liq aks ettiradi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter