Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh BMTning Ibrohim Raisiyga bag‘ishlangan marosimini baykot qildi

AQSh BMTning Ibrohim Raisiyga bag‘ishlangan marosimini baykot qildi

AQSh BMT Bosh Assambleyasining aviahalokatda halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy xotirasiga bag‘ishlangan marosimini boykot qilmoqda.

Bu haqda Reuters agentligi nomini oshkor qilmagan amerikalik rasmiyga tayanib xabar qilmoqda.

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar BMT marosimida «hech qanday holatda» qatnashmaydi. Chunki Raisiy hokimiyat tepasida turgan davrda «Eronda inson huquqlari buzilishi kuzatilgan».

Ma’lumot uchun, Bosh Assambleya an’anaviy ravishda vafot etgan paytida davlat rahbari bo‘lgan har qanday dunyo yetakchisiga hurmat bajo keltirish uchun yig‘iladi. Payshanba kuni Raisiy xotirasiga shunday marosim o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19-may kuni Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot Ozarbayjon chegarasi yaqinida qattiq qo‘nishni amalga oshirgan va halokat natijasida prezident Raisiy, mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, shuningdek, boshqa yuqori martabali amaldorlar hamda ekipaj halok bo‘lgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring