AQSh 3G-tarmoqlarni o‘chirishni boshladi
AQShda mobil aloqaning uchinchi avlod standarti — 3G-tarmoqlar o‘chirilishi boshlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlarda 4G va 5G-tarmoqlar keng joriy etilishi sababli uchinchi avlod standarti ahamiyatini yo‘qotmoqda. «AT&T» kompaniyasi bu standartdan to‘liq voz kechdi. Kompaniya ma’lumot berishicha, hozir mobil trafigining 1 foizidan kamrog‘i 3G ga to‘g‘ri keladi.
Kelgusi chorakdan «T-Mobile» va «Verizon» kompaniyalari ham 3G ni o‘chirishga hozirlanmoqda.
3G-tarmoqlar AQShda 2002-yilda paydo bo‘lgan. Operatorlar keyinchalik to‘rtinchi avlod standartiga, yaqindan boshlab esa 5G ga o‘tishni boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter