Aprelning so‘nggi kunida havo qanday bo‘ladi?

«O‘zgidromet» 30-aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30°, shimolda 15-20° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter