Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» kompaniyasi AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollar kiritadi

«Apple» kompaniyasi AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollar kiritadi

Foto: «Itc»

«Apple» kompaniyasi tarixdagi eng katta soliqni to‘lashni, yangi kampus qurishni va 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni va’da qilmoqda. Kompaniya rejasiga ko‘ra, AQSh iqtisodiyotiga investitsiya kiritish loyihalari yaqin besh yilga mo‘ljallangan, deb xabar berdi «NV.ua».

Shu orqali har yilgi investitsiyalar hajmi taxminan 70 milliard dollarni tashkil etadi. 2018 yilda AQSh soliq kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, kompaniya xorijdan ko‘rgan daromadlari sabab 75 milliard dollar (soliqlari bilan birga) tikishni rejalashtirmoqda.

Ushbu pullarning aksariyati kompaniyaning tezkor faoliyatiga sarflanadi: masalan, kerakli qismlarni va ishchi kuchini sotib olishga. Biroq pullarning bir qismi yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi: 38 milliard dollar soliqlari bilan birga.

«Biz amerikacha ixtirochilikning ulkan kuchiga ishonamiz va investitsiyalarimizni ish o‘rinlarini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan joylarga qaratamiz. Omadga erishishimizda yordam qilgan odamlarning mamlakatga qaytib kelayotganligi zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi», — deydi «Apple» rahbari Tim Kuk.

Ta’kidlanishicha, 10 milliard dollardan ortiqroq mablag‘ qayta tiklanuvchi energiya bilan 100 foiz ta’minlanadigan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini AQShning o‘zida qurishga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring