Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» ekranli klaviatura bilan jihozlangan noutbukni patentladi

«Apple» ekranli klaviatura bilan jihozlangan noutbukni patentladi

Foto: «NV.ua»

«Apple» kompaniyasi bosma klaviatura o‘rniga qo‘shimcha OLED ekrani bilan jihozlanadigan noutbukni patentladi. Amerika kompaniyasi patentni ro‘yxatdan o‘tkazishga 2015-yilda ariza bergan edi, deb xabar qiladi «NV.ua».

AQSh patent va savdo markalari byurosi (UCPTO) «Apple»ning patent arizasini 27-fevral kuni e’lon qildi. Patentda «ko‘rish sohasi yaxshilangan va aks ettirish holatlarining oldi olingan ikkita ekranli qurilma» haqida so‘z boradi. Shunday ekan, ikkinchi displeydan eskizlar chizish, o‘yin elementlari va boshqa shu turdagi amallarni bajarishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Patent ikkita taxminiy qurilmani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, yagona qurilma bo‘lgan va sharnir mexanizmi orqali birlashtirilgan ikkita ekrandan iborat «MacBook» ko‘rinishida. Ikkinchisi, klassik bo‘lgan «ikkitasi birda» qurilmasi. Ustki displeyni ajratib olib va avtonom «iPad» sifatida foydalanish mumkin.

Ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala panel ham maxsus materialdan ishlanadi, bu esa shu’lalanishni kamaytiradi. Sensorli soha odatdagi klaviaturalar o‘rnini egallaydi, dastur ishga tushirilganida aniq bir dasturning ishi uchun zarur bo‘lgan tugmalarda simvollar paydo bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring