Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APL: tur qahramoni, ramziy termasi, to‘purarlar va boshqalar

APL: tur qahramoni, ramziy termasi, to‘purarlar va boshqalar

Angliya premer ligasining 33-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Unda bir qator qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Quyida chempionat statistikasi, to‘purarlar, Xabar.uz talqiniga ko‘ra, tur qahramoni, ramziy termasi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Ayni paytda chempionat yakunlanishiga bir necha tur qolgan bir paytda chempionlik poygasi uchun kurash qizg‘in davom etyapti. «Manchester Siti» va «Liverpul» peshqadamlik sari borayotgan bo‘lsa, kuchli to‘rtlikka kirish uchun ham kurash avj pallasiga kirdi.

APL, 33-tur natijalari

Tottenxem - Brayton - 0:1
Gol: Trossar, 90 (0:1).
16 aprel. London. «Tottenxem Xotspur» stadioni.
Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

Manchester Yunayted - Norvich - 3:2
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 7 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 32 (2:0). Douell, 45+1 (2:1). Pukki, 52 (2:2). Krishtianu Ronaldu, 76 (3:2).
16 aprel. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Bosh hakam: Endi Medli (Xaddersfild).

Sautgempton - Arsenal - 1:0
Gol: Bednarek, 44 (1:0).
16 aprel. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni.
Bosh hakam: Piter Benks (Mersisayd).

Uotford - Brentford - 1:2
Gollar: Nergor, 15 (0:1). Dennis, 54 (1:1). Yansson, 90+6 (1:2).
16 aprel. Uotford. «Vikarij Roud» stadioni.
Bosh hakam: Saymon Xuper (Uiltshir).

Vest Xem - Byornli - 1:1
Gollar: Vegxorst, 33 (0:1). Souchek, 74 (1:1).
Penalti: Korne (Byornli), 45+1 (noaniq).
17 aprel. London. «London-Stedium» stadioni.
Bosh hakam: Pol Tirni (Lankashir).

Nyukasl - Lester - 2:1
Gollar: Lukmen, 19 (0:1). Gimarayns, 30 (1:1). Gimarayns, 90+5 (2:1).
17 aprel. Nyukasl. «Sent-Jeyms Park» stadioni.
Bosh hakam: Jarred Jillett (Gold-Kost).

Turning boshqa o‘yinlari Angliya kubogi yarim final o‘yinlari o‘tkazilgani sababli boshqa muddatga ko‘chirildi. Kubok o‘yinlarida «Liverpul» «Man.Siti»ni 3:2, «Chelsi» «Kristal Pelas»ni 2:0 hisobida yutdi. Endi finalda «Liverpul» va «Chelsi» o‘ynaydi.

Shuningdek, 19-20 aprel kunlari bir necha qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Ularning ichida «Liverpul» va «Manchester Yunayted» (19 aprel), «Chelsi» va «Arsenal» (20 aprel) uchrashuvi ham bor.

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Manchester Siti 31 23 5 3 72-20 74
2  Liverpul 31 22 7 2 79-22 73
3  Chelsi 30 18 8 4 64-23 62
4  Tottenxem 32 18 3 11 56-38 57
5  Manchester Yunayted 32 15 9 8 52-44 54
6  Arsenal 31 17 3 11 45-37 54
7  Vest Xem 33 15 7 11 52-43 52
8  Vulverxempton 32 15 4 13 33-28 49
9  Lester 30 11 7 12 46-50 40
10  Brayton 32 9 13 10 29-37 40
11  Brentford 33 11 6 16 41-49 39
12  Sautgempton 32 9 12 11 38-52 39
13  Kristal Pelas 31 8 13 10 43-40 37
14  Nyukasl 32 9 10 13 36-55 37
15  Aston Villa 31 11 3 17 42-46 36
16  Lids 32 8 9 15 38-68 33
17  Everton 30 8 4 18 33-52 28
18  Byornli 31 4 13 14 26-45 25
19  Uotford 32 6 4 22 30-62 22
20  Norvich 32 5 6 21 22-66 21

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

20 ta
Muhammad Saloh (Liverpul, 5)

17 ta
Son Xyon Min (Tottenxem)

15 ta
Diogu Jota (Liverpul)
Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted, 2)

13 ta
Sadio Mane (Liverpul)

12 ta
Ayven Touni (Brentford, 5)
Xarri Keyn (Tottenxem, 2)

11 ta
Uilfrid Zaa (Kristal Pelas, 4)
Kevin de Bryuyne (Manchester Siti)

10 ta
Rafinya (Lids, 3)
Emmanuel Dennis (Uotford)
Jeymi Vardi (Lester)
Teyemu Pukki (Norvich, 3)
Rahim Sterling (Manchester Siti, 2)
Riyod Mahrez (Manchester Siti, 4)
Meyson Maunt (Chelsi, 1)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Freyzer FORSTER (Sautgempton) – Yoel VELTMAN (Brayton), Yan BEDNAREK (Sautgempton), Pontus YaNSSON (Brenftord), Kristoffer AYER (Brentford) – Kristian ERIKSEN (Brentford), Kiran DOUELL (Norvich), Entoni ELANGA (Manchester Yunayted), Leandro TROSSAR (Brayton), Bruno GIMARAYNS (Nyukasl) – Krishtianu RONALDU (Manchester Yunayted).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

APL 33-turining qahramoni «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Bu turda xet-trik qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirgan futbolchidan boshqa yana kim tur qahramoni bo‘lishi mumkin? Shuningdek, u 2020 yil iyuldan beri ilk marta jarima to‘pini to‘g‘ri darvozaga joyladi. Ronaldu hozircha barcha musobaqalarda jami 20 ta gol urdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring