Antoniu Guterrish: «Sovuq urush qaytdi»
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish sovuq urush qaytganini e’lon qildi. Bu haqda «Korrespondent» nashri xabar berdi.
«Ko‘rinib turibdiki, sovuq urush qaytdi. Biroq endilikda AQSh va Rossiya avvalgidek hamma narsani nazorat qilmaydi. Ko‘plab mamlakatlar juda faol: Turkiya, Eron, Saudiya Arabiston va boshqalar. Ikkita bir xil boshqaruv bloklari bu safar yo‘q», deydi Guterrish.
Shuningdek, BMT Suriyadagi mojaroni hal qila olmasligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter