«Anonsga 10 kun qolganida»: «Samsung»ning eng zo‘r batareyali va arzon smartfoni haqidagi tafsilotlar internetga chiqib ketdi

Yaqinda, 30- iyul kuni arzon va batareyasi kuchli «Samsung Galaxy M31s» smartfoni taqdimoti bo‘lishi kerak edi. Ammo 6000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega qurilma ma’lumotlari taqdimotgacha ham ma’lum bo‘lib ulgurdi — hammasi internetga chiqib ketdi.
«Google Play Console» ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan ma’lumotlardan ham ko‘p narsalarni bilib olsa bo‘ladi. Masalan, «Galaxy M31s» smartfoni «Exynos 9611» protsessorida ishlaydi, operativ xotirasi — 6 GB, doimiy xotirasi — 64 GB.

Startda Android 10 da taqdim etiladigan bu qurilma, katta ehtimol bilan, Android 11 gacha yangilanishi mumkin.
Qolaversa, asosiy kamerasi — 64 Mp, bu 3 million so‘m atrofidagi smartfon uchun yomon ko‘rsatkichmas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter