Anomal issiqda gazli ichimliklarni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi
Oddiy suvdan boshqa ichimlik tanani kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Bu haqda diyetolog Andrey Bobrovskiy ma’lum qilgan.
Shuningdek, u suvga biron bir meva, masalan limon yoki apelsin qo‘shishni maslahat bergan.
Mutaxassis, shakarsiz ichimliklar kishilarning chanqog‘ini qondirishi mumkinligini ta’kidladi. U oddiy suvni istamagan kishilar oz miqdordagi shakarni o‘z ichiga olgan kvasni tanlashlarini maslahat beradi. Shu bilan birga, shifokor issiqday aziyat chekuvchilarga shakarli gazlangan ichimliklar iste’mol qilmaslikni maslahat berdi.
Bobrovskiy shuningdek, odam ichadigan gazli ichimlik miqdorini nazorat qilish juda qiyinligini ta’kidlagan. Gazlangan ichimliklarni ichgan kishi chanqog‘ini bosa olar darajada ko‘p ichish imkoniyatiga ega emas, — deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter