Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal issiq Ispaniyada 2 mingdan ziyod odamning o‘limiga sabab bo‘ldi

Anomal issiq Ispaniyada 2 mingdan ziyod odamning o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: ABC

Ispaniyada anomal issiqdan o‘limlar soni keskin ko‘paydi. Karlos III Salomatlik instituti ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilda jazirama issiq oqibatida 2021-yilgidan 4 barobar ko‘p — 2064 kishi vafot etgan.

Kunlik o‘limlarni qayd etish tizimi ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniyada o‘rtacha havo harorati +38…+40°S ni tashkil etgan 18-19-iyul kunlari 184 kishi olamdan o‘tgan. Vafot etganlarning aksariyati — keksalar. Jazirama oqibatida olamdan o‘tganlarning 10 nafari — 14 yoshgacha bolalar.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches barcha ishlovchi fuqarolarga murojaatida issiqning salbiy oqibatini kamaytirish uchun ularni bo‘yinbog‘ (galstuk) taqmaslika chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring