Animatsion festivalda ko‘plab bolalarni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim — gruziyalik mutaxassis
Toshkent xalqaro animatsiya forumi ishtirokchisi, Batumidagi Tofuzi xalqaro animatsiya festivali direktori (Gruziya) Zurab Diasamidze forum haqida fikr bildirib o‘tdi.
– O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan animatsion festivalda ishtirok etayotganimdan mamnunman. Kecha festivalning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi, uning dasturida animatsiya sohasining mohir ustalari ham, havaskorlar ham ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida tomoshabinlar zalida ko‘plab bolalarni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Zero, animatsiya bolalar uchun sevimli bo‘lgan olam, biz, kattalar esa ushbu olamni go‘zal bo‘yoqlar bilan bezashga harakat qilishimiz lozim. Hozirda forum doirasida ko‘plab bolalar ishtirokida vorkshoplar o‘tkazilmoqda, ular qanday ishlayotganini, qiziqish bilan o‘zaro muloqot qilayotganini ko‘rib turibman. Umid qilamanki, ushbu forum katta muvaffaqiyatlar uchun haqiqiy platformaga aylanadi. O‘ylaymanki, bir necha yildan so‘ng biz o‘zbek animatorlarining ijodini jahon ekranlarida tomosha qilamiz, — dedi gruziyalik mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter