Angrenda ichimlik suvi tarmoqlari ta’miri uchun ajratilgan mablag‘ning yarim mlrd. so‘mdan ko‘prog‘i o‘marilgan — Bosh prokuratura
Angrenda yarim mlrd. so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-taroj qilingani fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mahkama huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S.A.» MChJ tomonidan shahardagi 2 ta ko‘chaga ichimlik suv tarmoqlarining rekonstruksiyasi jarayonida haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 579,6 mln. so‘mlik budjet mablag‘lari «tuya qilingani» aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda jamiyat sobiq rahbari R.I. tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi figuranti bitta emasligi ehtimoli katta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter