Angrenda aholiga ajratilgan un egalariga yetib bormadi
![Angrenda aholiga ajratilgan un egalariga yetib bormadi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2713650206.jpg)
Angren shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan soxta tadbirkorlar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.A. va T.B. soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, T. ismli shaxsning nomiga «Q.S.» va «K.A.» MChJni tashkil etishib, ushbu MChJlarga davlat resurslari hisobidan ajratilgan 369 mln so‘mlik jami 148 tonna un mahsulotini belgilangan dislokatsiyaga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri arzonlashtirilgan narxlarda sotilishini ta’minlamasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi ( soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter