Angrenda aholidan yig‘ilgan pulni «tuya» qilgan suvchilar aniqlandi
Toshkent viloyati Angren shahrida suv iste’molidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur qonunbuzarlik «Toshkent suv taʻminoti» MChJ Angren shahar bo‘limining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan bo‘lib, unda ushbu bo‘limning iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish va suv sotish bo‘limi nazoratchilari Sh.B., A.I., G.E., M.Sh. va S.Q.lar aholidan suv iste’moli uchun jami 153,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan yig‘ib olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari fosh qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter