Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish-chiqish ham cheklanadi
Biroz vaqt muqaddam Olmaliq shahriga kirish va chiqish cheklanishi haqida xabar berilgan edi. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatiga tayanib «Koronavirus Info» tomonidan ma’lum qilinishicha, cheklov viloyatdagi boshqa shaharlarga ham tegishli bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, ertaga, 9 apreldan boshlab, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytiriladi. Fuqarolarning ushbu hududlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno.
Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-oziq yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter