«Angren-Lend» oshpazi rashk tufayli hamkasbini pichoqladi

Kecha, 16-yanvar kuni Angren shahrida joylashgan «Angren-Lend» oshxonasi oshpazi 26 yoshli M.X. ushbu oshxonaning poliz ekinlari saqlanadigan xonada rashk oqibatida hamkasbi bir nafar farzandning otasi A.A. bilan o‘zaro janjallashgan va qorniga pichoq sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.
Angren shahar markaziy shifoxonasining 16-yanvar kunidagi 13-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra, A.A.ning tanasida qorin oldi devorining kiruvchi sanchib-kesilgan jarohati, ichki a’zolari shikastlanishi va ichki qon ketishi jarohatlar aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter