Angor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati Angor tumaniga Usmon Turapov hokim etib tayinlandi. Bu haqda «Turon24» xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 10-noyabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida shu paytgacha hokim sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Ibatov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.
Usmon Turapov bungacha Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, shu kunlarda Denov tumaniga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. 8 noyabr kuni Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter