Angliyada o‘likxonalar soni ortmoqda
Londonning shimoli-g‘arbida juma kunidan vaqtinchalik o‘likxona o‘z ishini boshladi. U asta-sekinlik bilan kengaytirib borilmoqda. 20 yanvarga qadar bir vaqtning o‘zida 1300 murdani sig‘dira olish darajasiga yetadi.
Buyuk Britaniya poytaxti meri Sodiq Xon birgina mamlakat poytaxtida qurbonlar soni 10 mingdan oshib ketganligini ta’kidlagan.
BBC xabariga ko‘ra, pandemiyaning birinchi to‘lqini paytida Londonda to‘rtta vaqtincha o‘likxona joylashtirilgan, ammo keyinchalik ularga ehtiyoj qolmagan edi.
Bir haftadan ko‘proq vaqt ichida qurilgan o‘likxona muzlatgich jihozlari bo‘lgan chodirlardan iborat bo‘lib, xuddi shunday vaqtinchalik o‘likxonalar Angliyaning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘la boshlagani xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter